SkyPlus
Consulting

Koreyada o'qish — boshidan oxirigacha yoningizdamiz

Institut, kollej yoki til kursini tanlaymiz, hujjatlarni tayyorlaymiz, vizani topshiramiz va Koreyada kutib olamiz. Barcha xarajatlar boshidan ochiq.

53
universitet va kollej bazada
38
Top 1% muassasa — viza ko'rigi yengilroq
20
viza cheklovi ostidagi maktab — biz yubormaymiz
7
qadam: konsultatsiyadan aeroportgacha
Dasturlar

Qaysi yo'l sizga mos?

To'rt yo'nalish — har biriga alohida reja va viza.

01D-4-1

Til kursi

Koreys tilini Koreyaning o'zida o'rganasiz

  • Yilida 4 semestr (mart, iyun, sentyabr, dekabr)
  • 1 semestr ≈ 10 hafta
  • Viza: D-4-1
02D-2

Bakalavr

4 yilda Koreya universiteti diplomi

  • Viza: D-2
  • Til sertifikati majburiy: IELTS, TOEFL yoki TOPIK — bittasi bo'lishi shart
  • Akkreditatsiyalangan universitetlarga viza yengilroq
03D-2

Magistratura

2 yilda magistr darajasi

  • Viza: D-2 yoki E-viza
  • Tadqiqot rejasi va tavsiyanomalar
  • Laboratoriya orqali stipendiya
04D-2 / Regional

Kollej (2–3 yillik)

2–3 yilda amaliy kasb egasi bo'lasiz

  • 2–3 yil
  • Tezroq ishga joylashish
  • Regional viza haqida konsultatsiyada tushuntiramiz

Til sertifikati hali yo'qmi?

Bakalavr uchun IELTS, TOEFL yoki TOPIK'dan biri shart. Uni o'quv markazimizda tayyorlashingiz mumkin.

Kurslar
Narxlar

Narxlar — boshidan ochiq

Application fee, o'qish, yotoqxona, bank schyot, viza: nima uchun, kimga va qancha to'lanishi.

  • Application fee — til kursi

    Universitetga

    ₩100 000 – 120 000Rasmiy

    Rasmiy misollar: Korea Univ. 120 000, Ewha 120 000, SNU 100 000. Boshqa maktablarda farq qiladi. Qaytarilmaydi.

  • Til kursi o'qishi (10 hafta / 1 semestr)

    Universitetga

    ₩1 800 000 – 1 860 000Rasmiy

    Seuldagi top maktablar: Korea Univ. 1 800 000, Ewha 1 850 000, Yonsei 1 860 000. Viloyat maktablarida arzonroq bo'lishi mumkin (hali tasdiqlanmagan). Yilda 4 semestr.

  • Konsullik yig'imi (viza)

    Koreya elchixonasiga (USDda)

    $40 – 90Taxminiy

    Viza turiga qarab o'zgaradi. Rad etilsa qaytarilmaydi. Toshkentdagi elchixonada aniqlashtiramiz.

  • Bank schyotdagi kafolat summasi (sizning pulingiz)

    Hisobingizda qoladi

    $16 000 danTaxminiy

    Bu to'lov emas — o'z hisobingizdagi pul (≈ ₩20 mln). SkyPlus tavsiyasi: hamma universitet uchun kamida $16 000. Ba'zilarida ko'proq: Yonsei $25 000, Sahmyook $20 000, Anyang $18 000. Pul odatda KDB Bank Uzbekistan'da, 1 oylik ko'chirma bilan ko'rsatiladi. Aniq talab universitet qabul xati va elchixonada belgilanadi.

SkyPlus

7 qadamda Koreyagacha

Har qadamda nima qilinishi va qancha turishi oldindan ma'lum.

  1. 01

    Bepul konsultatsiya

    Maqsad, byudjet va darajangizni aniqlaymiz.

  2. 02

    Universitet tanlash

    Akkreditatsiya va viza xavfini tekshirib, 3–5 variant beramiz.

  3. 03

    Hujjatlar

    Apostil, tarjima, notarius — hammasini tayyorlaymiz.

  4. 04

    Topshirish va qabul xati

    Universitetga ariza yuboramiz, qabul xatini kuzatamiz.

  5. 05

    Bank schyot va to'lov

    KDB Bank hisobi, o'qish to'lovi — shaffof ro'yxat bo'yicha.

  6. 06

    Viza

    Toshkentdagi elchixonaga topshiramiz, holatni kuzatamiz.

  7. 07

    Uchish va kutib olish

    Chipta, yotoqxona, aeroportda kutib olish, dastlabki oylarda yordam.

Universitetlar

Tanlangan universitetlar

Top 1% va reytingi yuqori maktablar.

SkyPlus

Nega SkyPlus

  • Qancha pul kerakligini boshidan bilasizApplication fee, o'qish, bank schyot, viza — bitta jadvalda. Yashirin to'lov yo'q.
  • Tanlagan maktabingiz haqiqatan akkreditatsiyadan o'tganAkkreditatsiya va cheklovlar Study in Korea va Ta'lim vazirligi e'lonlari bo'yicha tekshiriladi.
  • Vizasi xavfli maktabga pul sarflamaysizCheklangan maktabga topshirmaymiz va imkoniyatingizga halol baho beramiz.
  • Kelishilgan narsa qog'ozda turadiXizmat, to'lov jadvali va viza rad etilganda qaytarish tartibi — yozma shartnomada.
  • Koreyada sizni kutib olishadiAeroportda kutib olish, yotoqxona, dastlabki oylarda yordam.
  • O'zingizga qulay tilda gaplashasizO'zbek, rus va ingliz tillarida xizmat.
FAQ

Ko'p so'raladigan savollar

Viloyatdagi universitetda til kursi yoki davlat universitetida bakalavr. Narxlar sahifasida hammasi ochiq ko'rsatilgan.

SkyPlus tavsiyasi: kamida $16 000 (≈ ₩20 mln), odatda KDB Bank Uzbekistan'da 1 oylik ko'chirma bilan. Ba'zi universitetlarda ko'proq (Yonsei $25 000). Pul hisobingizda qoladi, bu to'lov emas.

Konsullik yig'imi qaytarilmaydi. O'qish to'lovi va xizmat haqi qaytarilishi universitet siyosati va SkyPlus shartnomasiga bog'liq — buni oldindan yozma shartnomada belgilaymiz.

2026-yil fevralda Koreya hukumati 20 ta muassasaga bir yil davomida yangi talaba vizasi berishni taqiqladi. Biz bunday maktablarga hujjat topshirmaymiz.

Ha, til kursidan boshlaysiz. Ba'zi bakalavr/magistratura dasturlari ingliz tilida.

Cheklangan va ruxsat bilan. Bunga tayanib reja tuzmang: avval o'qish va yashash xarajatlarini yoping.

Bepul konsultatsiya

Rejangizni 15 daqiqada tuzamiz

Raqamingizni qoldiring — Telegram yoki telefon orqali bog'lanamiz.

Nima qiziqtiradi?
Hozirgi ta'lim darajangiz

Yuborish orqali ma'lumotlarni qayta ishlashga roziligingizni bildirasiz.